Marokash va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasidagi o`roqlik uchrashuvi o`z nihoyasiga etdi. Kasablanka shahrida bo`lib o`tgan o`yinda hamyurtlarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchrashuv debyuti mezbonlarga omadli keldi: 3-daqiqada Ayyub El-Kaabi jarima maydonchamiz ichida faollik ko`rsatdi va jamoasining ilk golini urdi. Shundan so`ng, o`zbekistonlik o`yinchilar faollikni oshirishga urinishdi, biroq bu o`z samarasini bermadi, deb yozadi UFF.
Bo`lim so`nggida mezbonlar yana gol urishga muvaffaq bo`lishdi, bu safar Manuel Dakosta o`z hisobiga gol yozdirib qo`ydi.
Ikkinchi bo`limda ham mezbonlar to`pni nazorat qilishga urindilar, darvozalar oldida xavfli vaziyatlar ko`p yuzaga kelmadi. Shunga yarasha hisob ham o`zgarmay qoldi.
Shu tariqa, Temur Kapadze va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi terma jamoa ikki o`yinda bir durang va bitta mag`lubiyat qayd etishdi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Marokash – O`zbekiston 2:0 (2:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 3 El-Kaabi, 2:0 – 42 Dakosta.
Marokash: Munir El Kajoui (Ahmad Tagnaouti, 46), El Hajam Valid (Salohiddin Essaidi, 82), Dakosta Maruan, Saiss Ganem (Nahiri Muhammad, 63), Ashraf Hakimi, Sofyan Amrabat, Faysal Fajr, Amin Xarit, Yasin Bammou (Hakim Ziesh, 72), Ayub El Kaabi (Volid Azaru, 62), Zakariya Labyad (Sofyan Bufal, 46).
O`zbekiston: Eldorbek Suyunov, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod A`zamov, Rustam Ashurmatov, Oleg Zoteev (Akrom Komilov, 74), Fozil Musaev (Odiljon Hamrobekov, 45), Javohir Sidiqov (Eldor Shomurodov, 83), Ikrom Aliboev (Otabek Shukurov, 68), Sardor Rashidov (Jasur Yaxshiboev, 56), Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev (Temurxo`ja Abduxoliqov, 56)
Ogohlantirishlar: Aliboev (41), Ashurmatov (71).






