AsosiySport

Kapadzening ilk mag`lubiyati, «Real» futbolchisiga qarshilik va o`zbekistonlik muxlislar (foto)

'Kapadzening ilk mag`lubiyati, «Real» futbolchisiga qarshilik va o`zbekistonlik muxlislar (foto)'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Kasablanka shahrida Marokash terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazib, 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ta`kidlab o`tish joizki, O`zbekiston terma jamoasini yaqinda qabul qilib olgan Temur Kapadze uchun bu o`yin murabbiylik lavozimidagi ikkinchisi bo`ldi.

“Lokomotiv” klubi sobiq futbolchisi terma jamoadagi murabbiylik lavozimidagi dastlabki o`yinida Senegal bilan durang o`ynagandi. Bugungi mag`lubiyat esa Kapadzening yangi kasbidagi dastlabkisi bo`ldi.

Shuningdek, marokashliklar tarkibida “Real” himoyachisi Ashraf Hakimi, “Sautgempton” yarim himoyachisi Sofyan Bufal kabi futbolchilar harakat qilishdi.

O`zbekistondan borgan muxlislar ham terma jamoa futbolchilarini qo`llab-quvvatlab turishdi. Ammo yakunda, ha, mayli yozishni shu erda to`xtaman.

E`tiboringizga uchrashuv fotogalereyasini taqdim etamiz.

O`rtoqlik o`yini.
Marokash - O`zbekiston 2:0.
Gollar: Ayub El Kaabi (3), Maruan Da Kosta (43).































Suratlar manbasi: O`FA rasmiy sayti.

    Boshqa yangiliklar