Chilining Providensiya shahrida dahshatli voqea sodir bo`ldi.
30 qavatli binoga o`rnatilgan lift, kutilmaganda boshqaruvdan chiqdi va katta tezlikda binoning tomini teshib o`tdi. Liftda bo`lgan yo`lovchi jiddiy jarohatlangan, deya xabar bermoqda NY Daily News.
Bo`lgan voqea lift ichiga o`rnatilgan kamera tasvirlari tushirilgan. 31 yoshli Xose Vergara Asevedo liftni to`xtatishga harakat qildi, biroq lift tugmalarini ketma-ket bosish hech qanday natija bermadi. Oqibatda 15 soniya ichida lift so`nggi qavatga ko`tarilib, bino tomiga urildi.
31 yoshli Chili fuqarosi oyoq va boshidan jiddiy jarohat olgan. Nashrning yozishicha, ushbu bino atigi 8 oy avval qurib bitkazilgan ekan.