Joriy yilning 12 fevral kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi, “O`zbekkino” milliy agentligi, Respublika ichki ishlar vazirligi, kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq yurtimizda “Skorpion” nomli to`liq metrajli badiiy film suratga olinishi belgilangan edi. Tasvirga olish ishlari 1 martdan boshlanib ketdi. Bugun Yoshlar press klubida mazkur filmga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.




Ayni paytda Buxoro viloyatida "Skorpion" filmining suratga olish ishlari davom etmoqda. 5 mart kuni turkiyalik mashhur akter Murad Yildirim bilan tuzilgan shartnomaga ko`ra, u Buxorodagi suratga olish ishlarida qatnashdi.






