1

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoevning Hindistonga bo`lajak rasmiy tashrifi xususida kelishib olindi

Siyosat 28.03.2018, 21:56
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoevning Hindistonga bo`lajak rasmiy tashrifi xususida kelishib olindi

Bugun, 28-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg`oniston bo`yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Hindiston Respublikasi Davlat tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Suhbat avvalida Mobasher Javed Akbar Hindiston delegasiyasi nomidan O`zbekiston Hukumatini Afg`oniston tinchlik jarayoni va mintaqamiz uchun Toshkent forumining muhim yakunlari bilan tabrikladi. Konferensiyada BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a`zolari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamda Afg`onistonga qo`shni davlatlarning yuqori darajali delegasiyalari yig`ilganligi qayd etildi.

Uchrashuvda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yil kuziga rejalashtirilgan Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlari va oliy darajada bo`lajak muzokaralar kun tartibiga asosiy e`tibor qaratildi.

Suhbat chog`ida ikki va ko`p tomonlama shakllardagi O`zbekiston-Hindiston hamkorligining boshqa masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralarda Hindiston Elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1