AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik mutaxassislar barmoq suyaklarini uzaytirishga mo`ljallangan apparatni yaratishdi

O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi qoshidagi travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari barmoq suyaklarini uzaytirishga yordam beruvchi uskuna modelini yaratishdi. Ushbu apparatning yaratilishi tibbiyotda, xususan travmotologiya va ortopediyada sohalarida o`zining ijobiy natijalarini berishi kutilmoqda. Chunki u kaft suyagi va barmoqlardagi suyaklarni tiklashga ko`maklashish xususiyatiga ega. Titandan yaratilgan ushbu apparat suyaklar orasidagi masofani aniqlab, o`lchab beradi, bu esa o`z navbatida kaft va barmoq suyaklarini tiklash ishlarini osonlashtirish imkonini beradi.  

Apparatning yaratilishida o`z xissasini qo`shgan mualliflar jamoasi M. Solieva, A. Jabborberganova, Sh. Ravshanova, Z. Xolova, S. Qodirova va I. Hojinazarovalar FAP 00900 raqamli patentini qo`lga kiritishdi, deya xabar beradi www.uz24.uz sayti. 

    Boshqa yangiliklar