Bortida 38 nafar yo`lovchi bo`lgan, Lensk-Yoqutiston yo`nalishi bo`yicha parvozni amalga oshirayotgan An-24 samolyoti Yoqutiston aeroportiga qo`ndi, deb xabar berdi Yoqutiston aviakompaniyasining rasmiy sayti.
“Lensk-Yoqutiston” yo`nalishibo`yicha parvozni amalga oshirayotgan 438-reysli samolyot chap dvigateli ishlamay qolganiga qaramay, Yoqutiston aeroportiga betalofat qo`nishga muvaffaq bo`ldi”, deb yozilgan xabarda.
Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan surushtiruv ishlarini o`tkazish uchun maxsus komissiya tuzildi.






