1

Elektron do`konning ish tartibi, auksion orqali xaridlar - yangi qonunda

Siyosat 29.03.2018, 14:06
Elektron do`konning ish tartibi, auksion orqali xaridlar - yangi qonunda

Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida “Davlat xaridlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ushbu masala yuzasidan ma`ruza qilgan Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi M.Jumagaldiev qonunda davlat xaridlariga oid asosiy tushunchalar hamda davlat xaridlari tizimining huquqiy jihatlari, asosiy prinsiplari ochib berilganini qayd etdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ sifatida belgilanib, unga davlat xaridlari bo`yicha qator vakolatlar berilmoqda.

Elektron do`kon orqali xarid qilish, elektron do`konning ish tartibi va undan foydalanishga oid masalalar batafsil yoritilgan.

Auksion orqali xaridlarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini tartibga soluvchi qoidalar aks etgan.

Davlat xaridlari bo`yicha tanlov va tenderlarni o`tkazish mezonlarining aniq belgilab qo`yilgani ham muhim ahamiyatga ega.

Bunda xarid komissiyasining faoliyati, tanlov va tender o`tkazish uchun e`lonlar, ularda ishtirok etish uchun takliflarni berish, ularni ko`rib chiqish natijasi bo`yicha shartnomalarni tuzish tartibi nazarda tutilgan. Davlat xaridlarida mamlakatimiz tadbirkorlik sub`ektlari uchun engilliklar va ularni qo`llash tartibi keltirilgani alohida e`tiborga molikdir.

Xarid qilish tartib-taomillarining davlat va jamoatchilik nazorati, shuningdek xaridlar samaradorligi va natijadorligining tahlili orqali davlat xaridlarini monitoring va nazorat qilishga ahamiyat berilgan.

Shuningdek, xarid qilish tartib-taomillari ustidan jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro`yobga chiqarish vositasida amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1