AsosiyJamiyat

O`zbekistonga zarba beruvchi vertolyotlar keltiriladi

'O`zbekistonga zarba beruvchi vertolyotlar keltiriladi'ning rasmi

Harbiy-texnik hamkorlik bo`yicha Rossiya Federal xizmati direktori o`rinbosari Vladimir Drojkovning ma`lum qilishicha Erevanda tashkil etilgan “ArmHiTech-2018” qurol-yarog` ko`rgazma doirasida Rossiya va O`zbekiston o`rtasida shartnoma imzolangan.

Mazkur shartnomaga muvofiq Rossiya O`zbekistonga o`ndan ziyod “Mi-35” vertolyotlarini etkazib beradi.

“ Shartnoma imzolandi. Endilikda O`zbekistonga “Mi-35” vertolyotlarini etkazib beramiz. Mazkur mamlakat bilan harbiy-texnik hamkorligimiz izchil rivojlanmoqda”, degan V.Drojkov ko`rgazmada jurnalistlarga.

Xabarda 2016 yilda Rossiya va O`zbekiston o`rtasida harbiy-texnik hamkorlik bo`yicha kelishuv imzolangani, unga muvofiq Rossiya ichki narxlarda mamlakatimizga qurol-yarog` etkazib berishi eslatilgan.

Ma`lumot uchun: “ Mi-35” vertolyoti zarba beruvchi harbiy-texnika hisoblanadi. Uning uchish tezligi soatiga 300/km.gacha etishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar