Internetda “Propiska cheklovlarini bekor qilish muddati o`tib ketdi, ammo bu mas`ullarning esidan chiqdi” mazmunida tarqatilgan maqolalar yuzasidan Adliya vazirligi quyidagilarni ma`lum qiladi:
2018y. 20 martga belgilangan muddat Toshkent sh. doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yishning (hisobga olishning) soddalashtirilgan tartibini amalga kiritish uchun belgilangan muddat emas;
2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturining 56-bandida belgilangan muddat (2018y. 20 mart) – Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirishni nazarda tutuvchi qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish uchun belgilangan muddatdir;
Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo`yicha ishlar davom etmoqda.
✳️ Davlat dasturiga kirgan biror tadbirning esdan chiqishi xatto nazariy jihatdan ham sodir bo`lmaydigan hodisa. Chunki, Davlat dasturiga kirgan har bir tadbir bo`yicha tizimli nazorat olib boriladi. Muammoli xujjatlar bo`yicha Vazirlar Mahkamasida har haftada 2 marta muhokama o`tkaziladi.
✳️ Adliya vazirligi Toshkent shahrida doimiy va vaqtincha ro`yxatga qo`yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish bo`yicha ishlar to`xtab qolmaganini yana bir bor ta`kidlaydi.
OAVlar va boshqa ma`lumot tarqatuvchi manbalarni noto`g`ri ma`lumotlar va fuqarolarni chalg`itadigan xabarlar berishdan tiyilishga chaqiramiz.






