AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi 25 yoshli qiz taksi haqini tejash maqsadida o`zini yolg`ondan homilador ko`rsatib, tez yordam xizmatiga qo`ng`iroq qilgan, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, qiz o`z manziliga tezroq va tekinga etib olish maqsadida tez yordam xizmatiga qo`ng`iroq qilib, homilador ekanligini, mazasi bo`lmayotganligini ma`lum qilgan.
Birpasda etib kelgan tez yordam mashinasi uni Latrob shahridagi kasalxonaga etkazgan. Biroq qiz qabulxonadan qochib ketgan.
Polisiya huquqbuzarlik sodir etgan qizni uyning cherdagiga yashirinib o`tirganda qo`lga oldi.
Sodir etgan huquqbuzarligi uchun qiz 800 dollar jarimaga tortildi. Polisiya bunday qonunbuzarlikni sodir etib, jarima to`lagandan ko`ra, taksi chaqirilsa arzon tushishini ta`kidladi.






