AsosiyJamiyat

​Diana Enikeevaning otasi o`z qizi vafotidan keyin OAVlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan jamoatchilikka murojaat etdi

'​Diana Enikeevaning otasi o`z qizi vafotidan keyin OAVlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan jamoatchilikka murojaat etdi'ning rasmi

Sputnik O`zbekiston muxbiri pochtasiga yaqinda YTH oqibatida halok bo`lgan o`qituvchi Diana Enikeevaning otasidan intervyu olingani aks etgan videoformatdagi fayl kelib tushgani haqida ma`lum qildi.

Intervyu marhum Diana Enikeevaning otasi Aleksandr Enikeevdan uning yaqin do`sti Obid Omonov tomonidan olingan va suhbatda Aleksandr Enikeevning maslakdoshi, birodari Samarqand viloyatida Kattaqo`rg`on shahridagi "Afg`onlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin ham ishtirok etgan.

Obid Omonov: Aleksandr Marsovich (Enikeev), so`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sizning qizingiz Diana "majburiy mehnat" natijasida halok bo`lganligi, u prokuror, hokim, RayONO mudiri bosimi ostida "majburiy mehnat" qilgani chiqqanligi haqida shov-shuvli xabarlar tarqaldi. Sizning bu xabarlarga izohingiz qanday bo`ladi?

Aleksandr Enikeev: Bu oddiy subbotnik, hashar edi. Biz toza mamlakatda yashaymiz. "Navro`z" bayrami — bu "Yangi yil". Biz hammamiz bir-birimizga yordam berishimiz kerak. Bu hodisa… Taqdir ekan… Men bilmayman buning boisini… Bu shunchaki yordam edi. Diananing — xalqqa yordami — hashardagi ishtiroki. Hamma joyni tartibga keltirish kerak. Axir bahor — borliq gullaydi. Atrof ham shunga monand bo`lish kerak!

O.O: Aleksandr Marsovich, bu tushuntirishlarni o`z xohishingiz bilan berayapsizmi? Yoki men sizga bosim o`tkazdimmi, majbur qildimmi? Yoki "Afg`onlar uyushmasi" jamoati iltimosi bilan berayapsizmi?

A.E: Bu tushuntirishlarni o`z xohishim bilan beryapman. Hech kim meni majbur qilmagan. Bu axir o`rnini to`ldirib bo`lmas yo`qotish. Meni va mening oilamni tinch qo`ying! Nega insonning yuragini timdalaysiz?

O.O: Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalist Karimberdi To`ramurod "majburiy mehnat" haqidagi haqiqatni fosh eta turib, sizning qizingizni "majburiy mehnatdan himoya qila turib huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan "yo`q qilish ob`ekti"ga aylangan ekan. Siz bunga nima deysiz?

A.E: Bu odam (Karimberdi To`ramurod) Diana qanday yashagani, qanday katta bo`lgani haqida intervyu oldi. Bizni rasmga tushirdi, videotasvir bor. Bo`ldi. Men u bilan boshqa hech qanday mavzuda gaplashmaganman! Men buni sizga rasman ma`lum qilayapman!

O.O: Balki qizingiz, majburiy mehnatga chiqqandir? Shunday bo`lishi mumkinmi?

A.E: Mening qizim shanbalikka chiqqan! Bo`ldi, tamom!

Shu vaqt suhbatga "Afg`onlar uyushmasi" raisi Nikolay Sorokin aralashgan.

— Mening Aleksandrga savolim yo`q, lekin boshqalarga aytar gaplarim bor. Tarmoqlardagi odamlar o`zlariga soxta obro` orttirishni xohlaydilar. O`zganing boshiga tushgan kulfatdan ham o`zingizga obro` orttirishda foydalanmang! Bizning umrimiz shu mamlakatda kechgan! Biz o`zimizning urf-odatlarimizga amal qilgan holda yashaymiz! Navro`zda biz hammayoqni tartibga keltiramiz. Biz bu mamlakatda bir millat va bir mentalitet bo`lib yashaymiz! Shunday ekan diversiya qilishni bas qiling! Mana shularni yozayotgan odamlarning o`zlari davlat uchun nimadir qildimi? Sariq chaqaliq bo`lsa ham? Bu odamga savol berishni bas qilingizlar! Unga shundog`am og`ir, u har kuni dori ichadi! Etar!

Suhbat yakunida Aleksandr Enikeev o`z qizining o`limi prezidentga hech qanday dahli yo`qligini aytgan va prezidentni yaxshi ko`rishlarini ta`kidlab o`tgan. "Biz oilamiz bilan shu prezidentga ovoz berganmiz, bizni tinch qo`yinglar!", — deb yakunlagan ota o`z murojaatini.

    Boshqa yangiliklar