AsosiyDunyo

Italiyalik erkak 9 yil mobaynida baqlajon tufayli sudlashdi

'Italiyalik erkak 9 yil mobaynida baqlajon tufayli sudlashdi'ning rasmi

To`qqiz yil avval baqlajon o`g`irlaganlikda ayblangan Italiya fuqarosi hukmnomani bekor qilishga erishdi, deb yozmoqda Lenta.ru nashri.

2009 yili Italiyaning janubida joylashgan Lechche gag`risha yaqin joyda ichi to`la baqlajonli chelak ko`tarib olgan erkakni qo`lga olishgandi. Erkakning aytishicha, oylik maoshi yo`qlishi tufayli bolasini boqish uchun sabzavot o`g`irlashiga to`g`ri kelgan ekan.

Sud buni hisobga olmay, sabzavot o`g`risini besh oylik qamoq va 500 evro jarima jazosiga tortgan. Keyinroq muddatni ikki oygacha kamaytirishadi, jarimani esa – 120 evrogacha. Lekin erkak oxirigacha kurashdi va Rimdagi shikoyat sudigacha bordi.

Shikoyat sudi hukmni butunlay bekor qilib, sudlanuvchining qashshoq moliyaviy ahvolini hisobga olmashanlikda va davlat mablag`ini havoga uchirganlikda suyayalarni tanqid qildi.

    Boshqa yangiliklar