Hindiston sharqidagi Bixar shtatida mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishdagi yo`lga chiqib yuk mashinasi bilan to`qnashib ketdi.
YTH oqibatida 12 kishi halok bo`ldi. 8 kishi fojea joyida, yana 4 kishi shifoxonaga yo`lda halok bo`lgan. 6 nafar yo`lovchi jarohatlandi, deya xabar bermoqda “ITAR-TASS”.
Hindiston YTH qurbonlari bo`yicha jahonda etkachilik qilmoqda. 2011 yili mamlakatda YTH qurbonlari 140 ming kishi bo`lgan bo`lsa, 2012 yili bu ko`rsatkich 150 mingtaga etdi.





