1

Prezident “Zarbdor tekstil” mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi

Siyosat 30.03.2018, 11:50
Prezident “Zarbdor tekstil” mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoev 30 mart kuni Jizzaj viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Zarbdor tumanidagi “Zarbdor tekstil” mas`uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu korxonani bunyod etish bo`yicha Prezidentimizning o`tgan yili viloyatga tashrifi chog`ida topshiriq berilgan edi. Shavkat Mirziyoev yaqinda Samarqand viloyatida bo`lganida har bir tumanda kamida ikkitadan tekstil korxonalari qurish zarurligini ta`kidlagan edi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan “Zarbdor tekstil” ana shunday zamonaviy korxonalardan. Bu erda jami 1 ming 60 dan ortiq kishi doimiy ish bilan ta`minlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni to`ldirib, eksportga ham yo`naltiriladi.

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta`minlash, dedi Shavkat Mirziyoev. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qo`shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz.

Shu erda Jizzax viloyatida to`qimachilik, kimyo, farmasevtika sohalarini rivojlantirish, investisiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1