AsosiyJamiyat

Ichki ishlarga ishga kirishning talablari qanday?

'Ichki ishlarga ishga kirishning talablari qanday?'ning rasmi

Ichki ishlar organlariga xizmatga tanlov asosida, ixtiyoriy tartibda yoshi o`n sakkizdan kichik va o`ttizdan katta bo`lmagan, shu jumladan o`ttiz yoshdagi ham, tegishli ma`lumotga ega, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog`lig`ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo`yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi, deb yozadi O`zA.

Xizmatga bo`yi 165 santimetrdan past bo`lmagan erkaklar va 160 santimetrdan past bo`lmagan ayollar mos keladi. Shuningdek, xizmatga qabul qilish nomzodning doimiy propiska joyi bo`yicha ichki ishlar organlari tomonidan dastlabki va yakuniy tanlovlar asosida amalga oshiriladi. Tanlovlar nomzodning xohishiga ko`ra davlat, qoraqalpoq yoki rus tillarida o`tkaziladi.

Dastlabki tanlov: dastlabki suhbat; psixologik test; umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash shaklida o`tkazilib, umumlashtirilgan natijalariga ko`ra yakunlanadi.

Yakuniy tanlov nomzod bilan yakka tartibdagi suhbat shaklida o`tkazilib, suhbat davomida uning aqliy salohiyati, xizmat o`tashga ruhan tayyorligi, kirishimliligi, shuningdek xodim uchun zarur bo`lgan boshqa ma`naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan muhim xislatlar baholanadi.Yakuniy suhbat natijalari ko`ra nomzodning xizmatga kasbiy jihatdan yaroqliligi to`g`risida xulosa chiqariladi.

Xizmatga, mavjud bo`sh lavozimlarni hisobga olgan holda yakuniy tanlov natijalariga ko`ra yakka tartibdagi suhbatdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar