Oliy Majlis Senatining o`n to`rtinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi, deb yozadi O`zA.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi 93-moddasi 13-bandi, “Sudlar to`g`risida”gi qonunning 63-moddasiga asosan O`zbekiston Prezidenti tomonidan Oliy sud sudyaligiga taklif etilgan nomzodlarni bittama-bitta tanishtirdi.
Senatorlar Abdumo`min Abdullaev, Volida Axtamova, O`ktam Tirkashev, Ilxomjon Rahmonqulov, Saylovboy Mambetkadirov nomzodlarini ma`qulladilar.






