AsosiyJamiyat

"O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi" tashkil etildi

'"O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi" tashkil etildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni, 2017 yil 9 martdagi “O`zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo`lib o`tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o`yinlariga tayyorgarlik ko`rish to`g`risida” va o`tgan yilning 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorlarni ijrosini ta`minlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federasiyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi” tashkil etildi.

O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida “O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi”ning saylov konferensiyasi o`tkazildi.

Unda, O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi raisii Umid Ahmadjonov, Bosh kotib Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi, mamlakatimizdagi oliy ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan bir qator mutasaddi hodimlar ishtirok etdi.


– Bugungi kunda talabalarimizni sportga jalb qilish masalasini ham alohida ko`rib chiqyapmiz. Bundan buyon talabalar o`rtasida jamoaviy sport tularini rivojlantirishimiz kerak. Respublikamizda 80 dan ortiq oliy o`quv yurtlari mavjud. Endi ular o`rtasida turli musobaqalar tashkil qilamiz. Yaxshi bilamiz, mamlakatimizdagi barcha oliy o`quv yurtlarida sport bilan shug`ullanish uchun yaxshi sharoitlar bor. Aniqroq aytadigan bo`lsam, u erda tayyor bazalar mavjud. Talabalar ichidan ham kuchli sportchilarni saralab olishimiz kerak, – dedi Umid Ahmadjonov.
Shuningdek, yangi taqvim-reja ishlab chiqib, qiziqarli va ommabop musobaqalar yangi yo`nalishda tashkil qilish kerak. Bunday turnirlar talabalarning o`zi uchun ham juda qiziq bo`ladi deb o`ylayman. Maqsadimiz barcha talabalarni sportga jalb qilib olish. Ular o`qishdan bo`sh vaqtida sport bilan shug`ullanishini ta`minlashdir.

O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi Bosh kotib Jasur Matchanov konferensiya kun tartibi bilan tanishtirib o`tdi.

Hisobot saylov-konferensiyasida bungacha faoliyat olib borgan “Barkamol avlod” sport jamiyati hamda “Talaba” sport assosiasiyasi negizida yangi “O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi” tashkil qilish taklifi berildi. Mazkur taklif yig`ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi.

Yangi Assosiasiya raisi lavozimiga O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Urishevich Majidov nomzodi taklif etildi. Konfrensiyada yig`ilganlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo`llab-quvvatladi. Bosh kotib lavozimiga esa O`zbekiston "Barkamol avlod" sport jamiyati Markaziy Kengashi raisining birinchi o`rinbosari Erkin Ibragimovich Qodirov saylandi.

Assosiasiya rais o`rinbosarlariga O`zbekiston sport fahriylari kengashi raisi, Milliy olimpiya qo`mitasi raisining maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov, Sport fahriylari kengashi raisi maslahatchisi Rashid Qodirov, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri Aleksandr Istominlar tayinlandi.

Konferensiyada shuningdek, Assosiasiya Ijroiya qo`mitasi va uning nizomi ham tasdiqlandi.

Endi mamlakatimizda tashkil qilinadigan uch bosqichli sport o`yinlari boshqacha yo`nalishda, yangi o`tkazilishi ma`lum qilindi.

Konferensiya davomida bundan buyon oliy o`quv yurtlarida sportning voleybol, basketbol, gandbol va stol tennisi bo`yicha terma jamoalar tashkil etish va mazkur jamoalar o`rtasida muntazam musobaqalar o`tkazish tizimini ishlab chiqish bo`yicha mutasaddi xodimlarga tegishli ko`rsatmalar berildi.

– Umid qilamizki, “O`zbekiston talabalar sporti Assosiasiyasi” mamlakatimizda yoshlar o`rtasida sportni yanada rivojlanishiga katta hissa qo`shadi, deydi MOQ bosh kotibi Jasur Matjonov. – Yangi tashkil qilingan assosiasiya assosan sportning o`yin turlariga e`tibor qaratibgina qolmay, talabalarning boshqa sport turlariga bo`lgan qiziqishini inobatga olib, ularning sport bilan shug`ullanishini tahminlaydi. Bu esa talabalarning bosh vaqtini mazmunli o`tkazishga qatta yordam beradi.

    Boshqa yangiliklar