O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son «Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta`sis etish bo`yicha takliflarni qo`llab-quvvatlash to`g`risida»gi Farmoniga o`zgartirishlar kiritish haqida"gi Prezident Farmoni (29.03.2018 y. PF-5389-son) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.
Ushbu Farmonga ko`ra:
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta`lim, fan adabiyot, madaniyat, man`at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o`n to`rt yoshga to`lgan va o`ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladigan;
- Umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari bo`lgan o`quvchilari oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga, bakalavriat talabalari esa oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga tegishli yo`nalish va ixtisoslik bo`yicha kirish sinovlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadigan bo`ldi.
* Eslatib o`tamiz, Mukofot ilgari har bir hudud vakilasiga bittadan berilar edi. Shu bilan birga, adabiyot, madaniyat, san`at, fan, ta`lim sohalaridagi hamda jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlari uchun 14 yoshdan 22 yoshgacha bo`lgan iqtidorli qizlarga berilar edi.






