AsosiySport

Blatter:"Qrim klublari Ukraina chempionatida o`ynashlari lozim"

FIFA prezidenti Yozef Blatter San-Pauluda Rossiya futbol assosiasiyasi bilan Qrim futbol klublari taqdiri haqida hech qanday muzokalar olib bormagani haqida ma`lum qildi. 

“Yo`q, biz buni muhokama qilmadik”, - deya iqtibos keltirmoqda Sportbox.ru sayti Yozef Blatter so`zlaridan. 

“Bunday savollar telefon bilan hal qilinmaydi.  Bu savol FIFAning  reglament va hujjatlari bilan bog`liq ”, - deydi Blatter. 

FIFA prezidenti “Qrim masalasi”ni oddiy muammo emasligini va halqaro qarashlardan Qrim Ukrainaning bir qismi ekanligini aytmoqda. “Agar Qrim futbol klublari professional ligada o`ynashni davom ettirishni istashsa, ular Ukraina ligasida qatnashishlari lozim”, - deydi Blatter. 

 

 

    Boshqa yangiliklar