Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanida kecha, 29 mart kuni soat 17:00larda 1999 yilda tug`ilgan M.Rahimjonova Uchqo`rg`on shahar «Ulug`bek» MFY Nodira ko`chasi hududidan oqib o`tuvchi «Shimoliy Farg`ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketadi.
Shu vaqtda uni qutqarish maqsadida yo`ldan o`tib ketayotgan Uychi tumani «Ziyokor» MFYda yashagan, 1997 yilda tug`ilgan S.Isomxo`jaev o`zini suvga tashlagan vaqtida cho`kib ketgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, M.Rahimjonova qutqarib olinib, shifoxonaga yotqizilgan.






