1

Nahangbaliq syorfingchining oyog`ini tishlab uzib oldi, endilikda esa syorfingchi yirtqichlarni odamlardan himoya qiladi (Foto)

Dunyo 31.03.2018, 09:59
Nahangbaliq syorfingchining oyog`ini tishlab uzib oldi, endilikda esa syorfingchi yirtqichlarni odamlardan himoya qiladi (Foto)

Syorfingchi Mayk Kuts (Mike Coots) 18 yoshida Gavay orollarida yo`lbars nahangga duch kelgandi. Bu uchrashuv fojia bilan tugagandi – nahang Mayklning o`ng oyog`ini tishlab uzib olgandi. Bu haqda Bigpicture.ru nashri yozmoqda.


Ammo butun umr nahanglardan qochish o`rniga Maykl o`zgacha qaror qabul qildi – u nahanglarni brakonerlardan himoya qiladigan bo`ldi.

Darvoqe, syorfingni ham tashlab qo`ymadi.

20 yil avval nahang bilan kechgan olishuvdan so`ng Mayklni shifoxonaga yotqizib, davolashadi. Jarohatiga qaramay, Maykl bir oy o`tib dengizga qaytadi va syorfingni davom ettiradi.

Yirtqich bilan kechgan fojiaviy uchrashuv Mayklning hayotini tubdan o`zgartirib yubordi.

U yirtqich “raqiblari”ni odamlardan himoya qilishga bel bog`lagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1