AsosiyJamiyat

O`zbekiston IIV va EXHT delegasiyasi odam savdosiga qarshi kurashishni muhokama qildi

'O`zbekiston IIV va EXHT delegasiyasi odam savdosiga qarshi kurashishni muhokama qildi 'ning rasmi

Toshkentda EXHT delegasiyasi O`zbekiston IIV rahbariyati bilan uchrashuv o`tkazdi, unda odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha maxsus vakili va koordinatori Madina Djarbussinova boshchiligidagi delegasiyani Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi raisi, O`zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, general-mayor Davron Nazarmuxamedov qabul qildi.

"Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida, 2017 yilda odam savdosi bilan bog`liq majburiy mehnatdan foydalanish jinoyati 39,5 foizga, jinsiy ekspluatasiya jinoyati 81,6 foizga kamayganligi ta`kidlandi", — deyiladi xabarda.

IIVning ma`lumotiga ko`ra, odam savdosi jinoyatini oldini olish maqsadida, aholi o`rtasida qator profilaktik targ`ibot tadbirlari o`tkazib borilmoqda.

Uchrashuv so`ngida Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Odam savdosiga qarshi kurashish bo`yicha Respublika idoralararo komissiyasi bilan kelgusida ham o`zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.

    Boshqa yangiliklar