AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik kursantlar xalqaro olimpiadada uchinchi o`rinni egallashdi

'O`zbekistonlik kursantlar xalqaro olimpiadada uchinchi o`rinni egallashdi 'ning rasmi

Chet tili yo`nalishida birinchi marta Xalqaro olimpiadada ishtirok etgan O`zbekiston Mudofaa vazirligi kursantlari uchinchi o`rinni egallashdi. Bu haqda Mudfaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti jamoasi yakuniy natijalarga ko`ra Xalqaro olimpiadada uchinchi o`rinni egalladi.

26-30 mart kunlari Armanistonning Erevan shahridagi Monte-Melkonyan harbiy kollejida bo`lib o`tgan olimpiadada Mudofaa vazirligiga qarashli O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari "Tinchlik yo`lidagi hamkorlik" dasturi tayyorlash markazi ingliz tili kafedrasi mudiri Ilya Zverev boshchiligidagi Jizzax oliy harbiy aviasiya bilim yurti 3-bosqich kursanti Abbos Rahimjonov va 2-bosiq kursantlari Laziz Rahimov, Bekpo`lat Boqijonovlardan iborat jamoa ishtirok etdi.

Na Mejdunarodnoy olimpiade po inostrannomu yazku sredi kursantov vsshix voennx obrazovatelnx uchrejdeniy i vuzov

Mazkur olimpiadada Rossiya Federasiyasi, Belarus, O`zbekiston va Qozog`iston respblikalari hamda mezbon davlat kursantlaridan iborat 9 jamoa qatnashdi.

Xalqaro olimpiadaning eng yuqori pog`onasidan Rossiya Harbiy universiteti kursantlari joy olgan bo`lsa, Armanistonning Vazgen Sarkisyan nomidagi Harbiy universitet jamoasi ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

O`zbekiston sharafini xalqaro musobaqada munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar 1 aprel kuni I. Karimov nomidagi Xalqaro aeroportida kutib olinadi.

Kursantlar o`rtasidagi Xalqaro olimpiadaning navbatdagi bahslari (matematika bo`yicha) 2-6 aprel kunlari Qozog`istonning Olmaota shahridagi Radioelektronika va aloqa harbiy-muhandislik institutida bo`lib o`tadi. Unda O`zbekiston sharafini Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari himoya qilishadi.

    Boshqa yangiliklar