AsosiyJamiyat

Dam olish kuni chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi

'Dam olish kuni chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 1 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +10 ... +12 daraja, kunduzi +15 ... +17 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +10 ... +15 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +13 ... +18 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +8 ... +13 daraja, kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +7 ... +12 daraja, kunduzi +18 ... +23 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg`ir yog`adi. Havo harorati kechasi +2 ... +7, kunduzi +3 ... +8 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +10 ... +15, kunduzi +13 ... +18 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar