AsosiyJamiyat

Bog`chaga farzandni joylashtirish xizmatlari ham Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi

'Bog`chaga farzandni joylashtirish xizmatlari ham Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi'ning rasmi

Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentini tasdiklash to`g`risidagi Vazirlar Mahkamasi (VMQ-244, 28.03.2018y.) qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu qarorga ko`ra:

2018 yil 1 apreldan boshlab, Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Yo`llanmalar muassasalarda o`rinlar bo`shagan kuni navbatga muvofik rasmiylashtiriladi. Bunda imtiyozli ro`yxatga kiritilganlar bo`yicha yo`llanmalar umumiy ro`yxatga kiritilganlarga nisbatan birinchi navbatda rasmiylashtiriladi.

Nogiron bo`lgan shaxslarning bolalari; uch nafar yoki undan ko`p bolalari bo`lgan oilalarning bolalari; harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari; etim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar; boshqa muassasalardan o`tkazilgan bolalar; akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar imtiyozli ro`yxatga kiritiladi.

Bolalarni muassasaga qabul qilish bo`yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar