Toshkent Janubiy vokzali Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekonstruksiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar bo`lib, 650 metrlik 3 ta perronga ega. U haqda O`zA ma`lumot keltirdi.
Vokzal hududida diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora qurilgan. Bu yoz kunlari hududdagi iqlim musaffoligini ta`minlab, yo`lovchilarga ko`tarinki kayfiyat bag`ishlaydi.
Vokzal bir vaqtning o`zida 500 yo`lovchiga xizmat ko`rsatish quvvatiga ega bo`lib, bir kecha kunduzda 20 000 nafar yo`lovchilar 19 poezdlarda kutib olinadi va kuzatiladi.
Yo`lovchilarning xavfsizligini ta`minlash maqsadida vokzal hududi zamonaviy devor bilan o`ralgan. Vokzal binosi, kassa zali va vokzal hududi 170 ta videokuzatuv kameralari bilan ta`minlangan.
Yo`lovchilarning yo`l hujjati, pasporti, bagaji va qo`l yuklari vokzal hududiga kirish joyining o`zida tekshiriladi. Vokzal binosida yo`lovchilar uchun jahon standartlariga mos sharoitlar yaratilgan. Binoda kutish, VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, ko`chma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, Wi-Fi internet xizmati, elektron kutubxona, planshet xizmati, shirinliklar va milliy sovg`alar sotish shaxobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron ma`lumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali va zamonaviy lift mavjud.
Kutish zali ko`rgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan.
Yo`lovchilarga bir sutkada 100 nafarga yaqin ishchi xizmatchi xizmat ko`rsatadi.
Kutish zali havo harorati me`yorini ta`minlovchi sovutgichlarga ega. Chiptalar vokzal hududida joylashgan bo`lib, bir kecha kunduzda 5000 ta chipta sotiladi, shu jumladan elektron chiptalar ro`yxatdan o`tkaziladi.
Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yo`nalishlar bo`yicha poezdlar jo`natiladi va kutib olinadi:
Toshkent – Urganch
Toshkent – Buxoro
Toshkent – Andijon
Toshkent – Qo`ng`irot
Toshkent – Termiz
Toshkent – Sariosiyo
Andijon – Buxoro
Andijon – Urganch
Andijon – Termiz
Toshkent – Buxoro (sharq)
Toshkent – Termiz (Nasaf)
Toshkent – Andijon (O`zbekiston)
Shaharlararo qatnovchi yo`lovchi poezdlar:
Toshkent – Hojikent
Toshkent – Xovos
Toshkent – Bekobod
Toshkent – Sirdaryo
Toshkent – Guliston
«O`zbekiston temir yo`llari» AJ ma`lum qilishlaricha, Toshkent Janubiy vokzali o`z ishini joriy yilning 4 aprelidan boshlaydi.










