O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 2 aprel kuni Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +7 daraja, kunduzi +18 ... +20 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -2 ... +3 daraja, kunduzi +12 ... +17, Urganchda kechasi 0 ... +5 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Qarshida havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +15 ... +20, Termizda esa kechasi +7 ... +12, kunduzi +18 ... +20 daraja iliq bo`ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg`ona vodiysi viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`ishi mumkin. Havo harorati kechasi +5 ... +10 daraja, kunduzi +12 ... +17 daraja iliq bo`lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.
Shuningdek, tog`li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o`zgarib turadi, qor va yomg`ir yog`ishi mumkin. Qamchiqda havo harorati kechasi -2 ... +3, kunduzi 0 ... +5, Chimyonda kechasi 0 ... +5, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo`ladi. Nurafshonda esa kechasi +5 ... +10, kunduzi +15 ... +20 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.






