Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanida 29 mart kuni «Shimoliy Farg`ona» kanaliga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan qizni qutqarish maqsadida S.Isomxo`jaev o`zini suvga tashlagan vaqtida cho`kib ketgani haqida xabarxabar bergan edik.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko`ra, S.Isomxo`jaevning jasadini qidirib topish choralari ko`rilgan edi.
Natijada mazkur kanaldan S.Isomxo`jaevning jasadi topilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






