AsosiyShou-biznes

An`anaviy "​Sumalak Party”dan reportaj (foto)

'An`anaviy "​Sumalak Party”dan reportaj (foto)'ning rasmi

“Proart “ kompaniyasi an`anaviy tarzda o`tkazib keladigan — “Sumalak Party”ni taqdim etdi.

Soat 17:00 dan 23:00 ga qadar davom etgan katta bahoriy bayramda, o`zbek shou biznesining vakillari, kino olamining eng mashhurlari ishtirokini ko`rish mumkin. Bular: O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jaeva, Rayhon G`anieva, Sardor Rahimxon, Ulug`bek Rahmatullaev, xonandalar Nilufar Usmonova, Anvar Sobirov, “Karavan” guruhi, aktrisalar Shahzoda Matchonova, Halima Ibragimova, “Marvarid” bolalar guruhi...


Oldindan puxta ishlangan ssenariy asosida tashkillashtirilgan tadbirda sahnalashtirilgan teatr ko`rinishlari, “Sabo” raqs dastasining raqslari, klounlarning chiqishlari mehmonlarning olqishiga sazovor bo`ldi.

Katta bahoriy bayram davomida, “Sugar plum”, “Robiya Designer”, “Imir”, “Diamond Kids” “Yas Sam Nur”, “Shadiya”, “Je time”, “Ozoda SHOVROOM”, “MUNISA SINCE”, “Banoras” kabi mashhur brendlarning liboslar taqdimoti ham alohida e`tibor bilan o`tkazilganini aytib o`tish lozim.

“Sumalak Party” uchun mahsus bezatilgan “Osiyo grand” restoraning kiraverish xolli 3D ko`rinishida bezatilgan bo`lib, dekarasiyadagi varraklarning aksi barchaga birdek bahoriy kayfiyat ulashdi desak, mubolag`a bo`lmaydi.

Aytib o`tish joizki, mazkur kompaniya bu yil to`rtinchi bor ushbu shou dasturni a`lo darajada o`tkazib, tilga tushmoqda. 2018 yilgi “Sumalak Party” ham quvonch va shodlikka boy bo`ldi. Olti soatli tadbir faqat o`yin kulgu va a`lo kayfiyatda o`tganini davrani qizitgan mashhurlarning suratlaridan ham bilish mumkin. Ular, onlayn tarzda ketma-ket ijtimoyi tarmoqlardagi sahifalariga reportaj tayyorlab turishdi.

Quyida, bo`lib o`tgan “Sumalak Party”dan fotosuratlarni taqdim etamiz. Axir, ming bor eshitgandan ko`ra, bir bor ko`rgan afzal...


    Boshqa yangiliklar