AsosiyJamiyat

Surxondaryoning 9 ta hududida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

'Surxondaryoning 9 ta hududida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi.

Hujjat viloyatda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o`rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Qarorga ko`ra viloyatning 9 ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki ob`ektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Kichik sanoat zonalari hududidagi davlat ko`chmas mulki tadbirkorlik sub`ektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o`rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni o`z vaqtida to`lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan xolda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Kichik sanoat zonalarida davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to`lovining eng kam stavkasi belgilanadi, deb yozadi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

    Boshqa yangiliklar