1

2015 yildan 1 yoshgacha bo`lgan bolalarni pnevmokokk infeksiyalariga qarshi emlash boshlanadi

Salomatlik 13.06.2014, 14:16
2015 yildan 1 yoshgacha bo`lgan bolalarni pnevmokokk infeksiyalariga qarshi emlash boshlanadi

Shu yilning 12 iyun kuni O`zbekiston Milliy matbuot markazida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan  “Aholini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bunda davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag`lar, barqaror epid holatni saqlashga e`tibor va g`amxo`rlik masalalari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi.

Bugungi kunda milliy emlash kalendari asosida yurtimizda 10 ta yuqumli kasallikka qarshi emlash tadbirlari o`tkazib boriladi. Sog`liqni saqlash vazirligi Xalqaro muvofiqlashtiruvchi qo`mita (MKK) va immunoprofilaktika tadbirlari bo`yicha milliy texnik ekspert guruhi (NTGEI) emlash kalendariga yangi yangi vaksinalarni kiritish bo`yicha ish olib bormoqda. Profilaktik emlash kalendariga bolaning 2-3-4 oyligida 1 ta ineksiya beshta kasallikka qarshi pentavalent vaksinasi, bolaning 2 va 3 oyligida diareya kasalliklariga qarshi rotariks vaksinasi bilan emlash kiritildi. 

2015 yildan O`zbekistonda 1 yoshgacha bo`lgan bolalarni keng miyoqsida pnevmokokk infeksiyalariga qarshi emlash boshlash rejalashtirilmoqda. Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 2016 yili 10-11 yoshli qizlarni bachadon bo`yni papilomasiga qarshi VPCh vaksinasi bilan emlash rejalashtirilgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1