Buxoro shahrida turizmni rivojlantirish, mavsumda mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini yanada ko`paytirish maqsadida "Afandi kuni" madaniy tadbiri o`tkazildi.
Sharq halqlari donishmandligi va zukkoligini o`zida mujassam etgan Nasriddin Afandi obrazi bugungi kunda ham ajdodlarimiz zakovati ramzi sifatida nafaqat yurtimizda balki xorijda ham katta qiziqish o`yg`otib kelmoqda.
Shunday ekan, mazkur madaniy tadbir xorijlik sayyohlarni milliy qahramonlarimiz va an`analarimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun xizmat qildi.









