Toshkent shahar bojxona boshqarmasi va “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan 2018 yilning o`tgan davrida 40 ga yaqin profilaktik ma`ruza, uchrashuv, individual tartibda profilaktik tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o`tkazilgan. Bunga bojxona xodimlarining ota-onalari va oila a`zolarini ham jalb qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb yozadi O`zA.
Shuningdek, xodimlarning xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotgani, hushyorligi va ogohligini sinovdan o`tkazish maqsadida 16 marotaba xufiyona tekshiruv o`tkazilgan.
Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasida Davlat bojxona qo`mitasi hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ma`lumot berildi.
Davlat bojxona qo`mitasida 120-76-33, Toshkent shahar bojxona boshqarmasida 120-76-71 va “Toshkent-Aero” IBKda 120-86-30 raqamli uzluksiz faoliyat yurituvchi "ishonch telefon"lari joriy qilingan bo`lib, ular orqali fuqarolar bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yoki bojxona xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan xabar berishlari mumkin.
02.04.2018 16:39
Bojxona xodimlarining hushyorligini sinovdan o`tkazish maqsadida 16 marotaba xufiyona tekshiruv o`tkazilgan






