Chingiz Aytmatov nomi kirib bormagan, kitoblari javonlaridan joy olmagan biror bir o`zbek xonadoni yo`q. Atoqli adib asarlari nafaqat qirg`iz, balki o`zbek xalqi uchun ham birdek qadrdon.
O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasidagi munosabatlar tarixida yangi davr boshlangan hozirgi paytda Chingiz Aytmatovning o`lmas badiiy merosi xalqlarimiz uchun yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimizning “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to`g`risida”gi qarori bilan adib nomini ulug`lash, xotirasini abadiylashtirish maqsadida yurtimizda xayrli ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, xotira kitobi chop etilib, adib hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi.
Shuningdek, Toshkent shahrining markaziy ko`chalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomini berilib, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 33-maktabda adib byustini o`rnatish ko`zda tutilgan.
02.04.2018 12:47
Adib haqida xotira kitobi chop etilib, hujjatli film yaratiladi






