O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonni (02.04.2018 y.) imzoladi.
Hujjatga ko`ra, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi negizida Qurilish vazirligi;
Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag`batlantirish jamg`armasi hamda Ta`lim muassasalarini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi bazasida Qurilish vazirligi faoliyatini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi;
Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.
Quyidagilar esa tugatildi:
Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni lisenziyalash bo`yicha Respublika komissiyasi;
Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta`minlash markazi;
Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi.
Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018 yil 1 iyulga qadar muddatda akkreditasiya mexanizmini joriy etish orqali qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o`tkazish bo`yicha taklif kiritish vazifasi yuklandi, deb yozadi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.






