AsosiyJamiyat

Toshkentda tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi

'Toshkentda tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1 aprel kuni tashlab ketilgan yana bir chaqaloq topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 22:00 atrofida 17-daha, 1-uy oldida matoga o`ralgan 7-10 kunlik sog`lom qiz chaqaloq topildi. Go`dak Uchtepa tumanidagi ona-bola shifoxonasiga joylashtirildi.

Uning onasini aniqlash choralari ko`rilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar