AsosiyJamiyat

Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o`tkaziladi

'Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o`tkaziladi   'ning rasmi

Samarqandda Markaziy Osiyo yoshlari forumi o`tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" gazetasi.

"Samarqand shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi tadbirlari doirasida 2018 yil iyun oyida maktab o`quvchilarining astronomiya va fizika fanlaridan buyuk mutafakkir, astronom Mirzo Ulug`bek nomidagi xalqaro olimpiadasi tashkil etiladi", — deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, forumni o`tkazishdan maqsad buyuk o`zbek mutafakkirlarining jahon sivilizasiyasi rivojiga qo`shgan ulkan hissasini xalqaro miqyosida keng targ`ib qilish, iqtidorli o`quvchilarning xorijiy mamlakatlardagi tengdoshlari bilan do`stona raqobat muhitini yaratish, ularni xalqaro olimpiadalarda qatnashish ko`nikmasini mustahkamlashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar