1

Tramp muhojirlarni deportasiyadan himoyalovchi dastur yopilishini ma`lum qildi

Dunyo 03.04.2018, 10:29
Tramp muhojirlarni deportasiyadan himoyalovchi dastur yopilishini ma`lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborishni vaqtinchalik to`xtatib turadigan "DACA" dasturi o`z nihoyasiga etganini ma`lum qilib, Meksikadan mamlakatning quruqlikdagi chegaralari xavfsizligini ta`minlashni talab qildi.

AQShning oldingi Prezidenti Barak Obama ma`muriyati tomonidan joriy qilingan "DACA" dasturi mamlakatga bolaligida noqonuniy kirib kelgan muhojirlarni deportasiya qilishni vaqtinchalik to`xtatib turar edi.

Kongressda mazkur dasturning istiqboli haqida Respublikachilar va Demokratlar partiyalari bir to`xtamga kela olmagan.

Tramp esa "DACA"ga avval boshdanoq qarshi edi. AQSh Prezidentining fikricha bu dasturning foydasidan ko`ra zarari ko`p. Hozir esa dastur "o`lgan" bo`lib, ishlashi ham dargumon.

Ayni vaziyatda mamlakatning shimoliy chegaralaridan noqonuniy kirib keladigan migrantlar oqimini to`xtatishda Meksikaning imkoniyati etarli, buning uchun ularda chegara borasidagi qonunlar ishlab turibdi, degan Tramp Tvitterdagi sahifasida

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1