AsosiyJamiyat

Xivalik fuqaro MIB xodimiga pora taklif qildi

'Xivalik fuqaro MIB xodimiga pora taklif qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Xiva shahrida tabiiy gaz va elektr enegiyasi bo`yicha nazorat-tekshiruv tadbiri o`tkazildi.

O`zA xabariga ko`ra, xonadonning tabiiy gazdan 3 million 247 ming so`m qarzi borligi aniqlangan. Fuqaro D.K. qarzdorlikni qonuniy tarzda bartaraf etishdan ko`ra, bu masalani byuroning tuman inspektori bilan imi-jimida hal qilishni istaydi.

U inspektorga qarzdorlikni yo`q qilib berish, hisoblagichni maxsus ko`rikdan yaroqsiz, deb o`tkazib berishini so`rab, 500 ming so`m pora taklif qilgan. Inspektorga ana shu pulni pora tariqasida berayotganida MIBning viloyat boshqarmasi ichki xavfsizlikni ta`minlash sho``basi va tezkor xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Mazkur holat bo`yicha fuqaroga nisbatan to`plangan hujjatlar hamda daliliy ashyolar tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazish uchun Xiva shahar prokuraturasiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar