Qashqadaryo viloyat “Agropilla” mas`uliyati cheklangan jamiyati tuman bo`limlariga 4 ta traktor va 150 ga yaqin velosiped topshirildi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

– Joriy mavsumda 227 tonna pilla etishtirishni rejalashtirganmiz, - deydi “Agropilla” mas`uliyati cheklangan jamiyati Kitob tumani bo`limi rahbari Nasiba Nurova. – Korxonamizga yangi traktor va agronomlar uchun velosiped berilgani ishimiz samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.









