Kecha jahon chempionatining “A” va “B” guruhidagi jamoalar birinchi tur uchrashuvlarini o`tkazishdi.
“A” guruhi vakillari Meksika Kamerun terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 61 daqiqada Peralta kiritdi.
Birinchi turning markaziy uchrashuvi “B” guruhi vakillari bo`lgan Ispaniya hamda Gollandiya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuvi bo`ldi. Bu uchrashuvda Gollandiya terma jamoasi yirik 5:1 hisobida g`alaba qozondi. Avvaliga 27 daqiqada Xabi Alonso hisobni ochgan bo`lsa, 44, 72 van Persi, 64 daqiqada de Vrey va 53, 80 daqiqalarda Robben gol kiritib, Ispaniyani terma jamoasi muxlislarini va futbolchilarini dahshatli holatga solishdi.
“B” guruhidagi yana bir uchrashuv Chili hamda Avstraliya terma jamoalari o`rtasidagi uchrashuv bo`ldi. Ushbu uchrashuvda chililik futbolchilar 3:1 hisobida raqiblaridan ustun kelishdi.