AsosiyDunyo

Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi boshlandi

Bugun Afg`onistonda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi boshlandi. Butun mamlakat bo`ylab barcha saylov uchastkalari o`z ishini boshladi. Bu haqda Frans Press nashri xabar bermoqda. 

28 mingta saylov uchastkalarida mahalliy vaqt bilan soat 7:00 dan ovoz berish boshlandi. Nashrning qayd etishicha, erta tongdan fuqarolar o`z ovozlarini berish uchun navbatga turishgan.  

Saylov davomida xavfsizlikni 400 mingdan ortiq xarbiylar va polisiya xodimlari ta`minlashadi.  

5 aprel kuni bo`lib o`tgan saylov natijalariga ko`ra, nomzodlardan hech qaysi biri ko`p ovoz to`play olmadi.  Shu sababli prezidentlik saylovlarida ikkinchi tur e`lon qilindi. 
Davlat rahbarpi lavozimi uchun tashqi ishlar sobiq vaziri Abdulla Abdulla va moliya sobiq vaziri Ashraf G`ani Axmadzay   kurashmoqda. Ular birinchi turda 45,0 foiz va 31,6 foiz ovoz to`plashgan.   

Dastlabki natijalar 2 iyul kuni e`lon qilinishi kutilmoqda. Afg`oniston markaziy saylov kommisiyasi so`nggi natijalarni 22 iyul kuni rasman e`lon qiladi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar