AsosiyJamiyat

Urganchdan Rimga ilk bor to`g`ridan-to`g`ri muntazam reyslar yo`lga qo`yildi

'Urganchdan Rimga ilk bor to`g`ridan-to`g`ri muntazam reyslar yo`lga qo`yildi'ning rasmi

«O`zbekiston havo yo`llari» MAK tomonidan ilk bor Urganchdan Rim (Italiya)ga to`g`ridan-to`g`ri muntazam reyslar yo`lga qo`yildi. Bu haqda «Xalq so`zi« xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan Italiya poytaxtidagi Leonardo da Vinchi nomidagi xalqaro aeroportda ushbu davlatdagi “O`zbekiston havo yo`llari”ning vakolatxonasi, mamlakatimiz elchixonasi hamda aeroport ma`muriyati tomonidan tantanali ochilish marosimi o`tkazildi.

Tadbirda turistik sektor va ushbu sohaga ixtisoslashgan italiyalik jurnalistlar, yangi parvozning ilk yo`lovchilari qatnashdi.

Unda O`zbekiston rahbariyati tomonidan sayyohlik jabhasini rivojlantirish, xususan, viza va ro`yxatdan o`tish tizimini soddalashtirish, mehmondo`stlik infratuzilmasini takomillashtirish, yangi xizmat va AKT texnologiyalarini joriy etish, turistik zonalar yaratish bo`yicha ulkan islohotlar amalga oshirilayotgani sharofati bilan Apennin yarim orolida ham diyorimizga kelish, uning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishga bo`lgan qiziqish ortib borayotgani e`tirof etildi, deb yozadi “Jahon” AA.
“TTG Italia” va “Trasporti-Italia” kabi taniqli nashrlarda ushbu tadbir haqida chop etilgan maqolalarda yangi reyslar O`zbekistonga maksimal qulaylik bilan tashrif buyurishni xohlovchilar uchun ekanligi ta`kidlandi.

Jadval bo`yicha samolyot har seshanba kuni Rimdan soat 20:45da havoga ko`tarilsa, keyingi kun tongida soat 05:45da Urganchga qo`nadi. Ortga amalga oshiriladigan reys Toshkentdan soat 15:20da yo`lga chiqib, mahalliy vaqt bo`yicha soat 07:15da Rimga etib keladi.

    Boshqa yangiliklar