AsosiyJamiyat

35 nafar samarqandlik O`zbekiston fuqarosi bo`ldi

'35 nafar samarqandlik O`zbekiston fuqarosi bo`ldi'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 6 martdagi farmoniga ko`ra, Samarqand viloyatida yashovchi 35 nafar yurtdoshimiz O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Samarqand viloyati hokimligida ushbu shaxslarga O`zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini tantanali topshirish marosimi o`tkazildi.

2.JPG

Tadbirda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta`minlash, yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillarining ahil-inoq hayot kechirishi uchun zarur huquqiy asos, keng imkoniyatlar yaratilgani ta`kidlandi.

3.JPG

Prezidentimizning keyingi ikki yil davomida qabul qilgan farmonlariga ko`ra, ko`plab yurtdoshlarimiz O`zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Jumladan, Samarqand viloyatida ham 2017 yilda 27 nafar shaxsga fuqarolik pasporti berildi. Bu yil ularning safi yana kengaydi.

4.JPG

– Asli samarqandlik bo`lsak-da, ota-onam ma`lum muddat Tojikistonda yashagani uchun men 1988 yilda o`sha respublikada tug`ilganman, – deydi Samarqand tumanidagi Ohalik qishlog`ida yashovchi Manija Jabborova. – 1993 yilda yurtimizga qaytib kelganmiz. Shu erda bilim oldim, oliy o`quv yurtida o`qidim. Oila qurib, ikki nafar farzandli bo`ldim. Hozirda 30-umumiy o`rta ta`lim maktabida saboq beraman. Lekin bir armonim bor edi – shu paytgacha O`zbekiston fuqarosi emas edim. Bugun orzuim ushalib, O`zbekiston fuqarosi pasportini qo`limga oldim. Prezidentimizdan minnatdormiz!

    Boshqa yangiliklar