Navoiy shahrida 2 aprel kuni soat 09.55da Navoiy ko`chasi 5-uyda joylashgan “Qizilqumsement” AJ korxonasida yong`in sodir bo`lgan. O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qilishicha, hozirda ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli korxonaning ish faoliyati vaqtincha to`xtatilgan edi.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida korxonadagi sovutish inshootining ichki qismi yonib zarar ko`rgan hamda shu korxona ishchilari, 1967 yilda tug`ilgan Sh.Primov va 1960 yilda tug`ilgan S.Ikromovlar kuyish tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






