AsosiyJamiyat

Tatyana Karimova insholar tanlovi g`oliblariga sovg`alarni topshirdi

'Tatyana Karimova insholar tanlovi g`oliblariga sovg`alarni topshirdi'ning rasmi

Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan O`zbekiston oliy o`quv yurtlari talabalari o`rtasida o`tkazilgan insholar tanlovi g`oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Mazkur tanlov O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning respublikamiz yangi tarixi xususidagi hamda mamlakatimiz davlat mustaqilligini qaror toptirish, xalqaro barqarorlikni ta`minlash va Vatanimizning tarixiy-madaniy merosini qayta tiklashda Islom Karimovning tarixiy xizmatlari borasidagi bilimlarini oshirish maqsadida tashkil etildi.

G`oliblarga sovg`alarni Fond Vasiylik Kengashi a`zosi, Birinchi Prezidentning rafiqasi Tatyana Karimova hamda Fond Boshqaruvi Raisi Botir Ubaydullaev topshirdilar.

I o`rinni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining V bosqich talabasi Akromov Otabek qo`lga kiritdi. U 7 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple MacBook Air 13 8/256 GB noutbuki sovrindori bo`ldi.

II o`rinni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining V bosqich talabasi Shorustamova Malika egallab, 6 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan Apple iRad Pro 10.5 4G 256GB plansheti sohibi bo`ldi.

III o`rin Toshkent davlat yuridik universitetining IV bosqich talabasi Toshkanov Nurbekka berilib, u 5 000 000 so`mlik grant, shuningdek, Fond logotipi tushirilgan iPhone 8 64 GB smartfoni egasiga aylandi.

Ijodiy ishlari yuqori ball to`plagan quyidagi 7 nafar ishtirokchiga rag`batlantiruvchi sovg`alar, ya`ni Fond logotipi tushirilgan Kindle bukriderlari taqdim etildi.

1. Xadyatullaev Abbosbek – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti III bosqich talabasi.
2. Temirova Rayxona – Buxoro davlat universiteti II bosqich talabasi.
3. Nazirov Sardor – Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti I bosqich talabasi.
4. Saidxasilova Aziza – Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti I bosqich talabasi.
5. Kurtova Ekaterina – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, III bosqich talabasi.
6. Abduxamidov Lutfillo – Farg`ona politexnika instituti III bosqich talabasi.
7. Nizomiddinova Charosxon – O`zbekiston milliy universiteti II bosqich talabasi.

Tanlov komissiyasi tomonidan yana 10ta ijodiy ish alohida baholanib, ularning mualliflari Islom Karimov nomidagi Fond tomonidan qo`shimcha mukofotlar bilan taqdirlandilar.

    Boshqa yangiliklar