AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyaning mashhur kompaniyasi Navoiyda elektr stansiyasi quradi

'Janubiy Koreyaning mashhur kompaniyasi Navoiyda elektr stansiyasi quradi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning mashhur “Hyundai Engineering and Construction Co., Ltd. kompaniyasi O`zbekistonda elektr stansiyasi qurish bo`yicha tenderda g`olib chiqdi. Bu haqda "Xalq so`zi" nashri xabar qilmoqda.

Kompaniya tomonidan ma`lum qilinishicha, “O`zbekenergo” AJdan Navoiy viloyatida quvvati 450 megavatt bo`lgan elektrostansiyani qurish bo`yicha tenderda g`olib chiqqani haqidagi xat olingan.

Ushbu loyihaning qiymati 540 million AQSh dollari bo`lib, qurilish ishlari 38 oy davom etadi.

    Boshqa yangiliklar