AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan YouTube shtab-kvartirasida otishma bo`ldi, deb xabar berdi lenta.ru nashri, YouTube shtab-kvartirasi xodimlarining Tvitter sahifasida qoldirgan xabariga asoslangan holda.
Mazkur otishmani qurolangan ayol uyushtirgan. Xabarlarga ko`ra, ayol bu ofisga orqa eshikdan kirgan. U qurolidan o`t ochib, kamida to`rt kishini jarohatlagan, keyin esa o`zini o`ldirgan. Jarohat olgan xodimlar kasalxonaga etkazilgan, polisiya vaziyatni o`rganmoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 13 atrofida sodir bo`lgan
Kompaniya xodimlaridan biri bo`lgan Vadim Lavrusik ning so`zlariga qaraganda, u otishma ovozini eshitgan. Vahimada yugurayotgan odamlarni ko`rgach, hamkasblari bilan xonaga yashirinib olgan.
YouTube shtab-kvartirasida 1700 nafarga yaqin xodim ishlaydi, ular evakuasiya qilingan. Polisiyaning dastlabki taxminiga ko`ra, bu otishma terakt emas, balki zo`ravonlik, deb baholanmoqda.






