AsosiyJamiyat

Samarqanddagi avtomobil bozori o`rnida innovasion ilmiy o`quv markazi barpo etiladi

'Samarqanddagi avtomobil bozori o`rnida innovasion ilmiy o`quv markazi barpo etiladi'ning rasmi

Samarqad tumanidagi “Maroqand” dehqon bozorining filiali bo`lgan avtomobil bozori boshqa joyga ko`chiriladi, deb yozadi "Zarafshon" gazetasi.

Bozor hududi baliqchilik xo`jaligi innovasion ilmiy o`quv markazi, baliqchilik laboratoriyasi, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasi, mehmonxona va ko`p qavatli turar joylar barpo etish uchun “Oq amur baliqlari” fermer xo`jaligiga ajratib beriladi.

Tuman arxitektura va qurilish bo`limi ma`lumotlariga ko`ra, hozirgi paytda avtomobil bozori uchun tuman hududidan joy tanlanmoqda.

Ta`kidlash joiz, bu – Prezidentimizning 17-18 mart kunlari viloyatimizga tashrifi chog`ida bergan topshiriqlari va Pastdarg`om tumanida kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan majlis bayonida belgilangan.

    Boshqa yangiliklar